
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni FIFA talqinidagi “Yilning eng yaxshi futbolchisi” nominatsiyasida kimlarga ovoz bergani ma’lum bo‘ldi. The Best mukofoti “PSJ” hujumchisi Usmon Dembelega nasib etgan bo‘lsa-da, Skaloni o‘zining uchlik ro‘yxatiga amaldagi “Oltin to‘p” sohibini kiritmadi.
Skaloni reytingida birinchi o‘rinni Madridning “Real” klubi futbolchisi Kilian Mbappe egalladi. Ikkinchi va uchinchi pog‘onalarga esa “Barselona” vakillari Pedri hamda Lamin Yamal joylashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil dekabrida Qatar jahon chempionati finalida Fransiya va Argentina terma jamoalari to‘qnash kelgan, Mbappe o‘sha uchrashuvda xet-trik qayd etgan edi. Shunga qaramay, Lionel Skalonining jamoasi penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, mundial kubogini qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.