date

«Manchester Siti» — «Brentford»: chorakfinal oldidan taxminiy tarkib...

«Manchester Siti» — «Brentford»: chorakfinal oldidan taxminiy tarkib...

Angliya liga kubogining chorakfinal bosqichida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Brentford» jamoasini qabul qiladi. Muhim bellashuv 18 dekabrdan 19 dekabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da start oladi.

«Etixad» stadionida o‘tadigan bahsda Xosep Gvardiola shogirdlari yarim finalga yo‘l olish uchun kurash olib boradi. Mavsum davomida turli musobaqalarda barqaror o‘yin namoyish etayotgan «shaharliklar» ushbu uchrashuvga ham jiddiy yondashishi kutilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, bosh murabbiy tarkibda ayrim rotatsiyalarga qo‘l urishi mumkin. Ayniqsa, so‘nggi paytda zaxirada qolib kelayotgan ayrim futbolchilar uchun bu o‘zini ko‘rsatish imkoniyati bo‘lishi mumkin. Shu jumladan, o‘zbek futbolchisi Abduqodir Husanovning ham maydonga tushishi ehtimoli yuqori baholanmoqda.

Angliya liga kubogi

Chorakfinal

Manchester Siti — Brentford

«Manchester Siti»ning taxminiy tarkibi quyidagicha ko‘rinish olmoqda:

Darvozabon: Jeyms Trafford

Himoyachilar: Nunes, Abduqodir Husanov, Natan Ake, O’Rayli

Yarim himoyachilar: Rayan Sherki, Niko, Riko Lyuis, Tijani Reynders, Savino

Hujumchi: Mukasa

Uchrashuv natijasiga ko‘ra, «Manchester Siti» mavsumdagi navbatdagi sovrin uchun kurashni davom ettirish yoki musobaqa bilan xayrlashishi aniq bo‘ladi. Muxlislarni esa shiddatli va qiziqarli to‘qnashuv kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Manchester Siti» — «Brentford»: chorakfinal oldidan taxminiy tarkib...