
Barselona rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flikning kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi. Sport Bild xabariga ko'ra, kataloniyaliklar germaniyalik mutaxassis bilan amaldagi shartnomani muddatidan avval uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Manbaga ko'ra, klub prezidenti Joan Laportaning g'oyasi Flik bilan 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan yangi kelishuvni imzolashdan iborat. Eslatib o'tamiz, may oyida Flik Barselona bilan shartnomasini 2026/2027 yilgi mavsum yakunigacha uzaytirgandi.
Ayni paytda Barselona Ispaniya chempionati turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi Real to'rt ochkoga ortda qolmoqda.
Barselona navbatdagi uchrashuvini 21 dekabr kuni La Ligada safarda Vilyarrealga qarshi o'tkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.