date

Real Ryan transferi bo'yicha 50 million yevrolik taklif tayyorlamoqda


Madridning “Real” klubi “Vasko da Gama” hujumchisi Ryan transferi ustida ish olib bormoqda. Fichajes xabariga ko'ra, “qirollik klubi” 19 yoshli futbolchi uchun dastlabki taklifni 50 million yevro miqdorida tayyorlamoqda.

Avvalroq “Barselona” ham braziliyalik klubga o'z taklifini yuborgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Manbaga ko'ra, Ryan 2025 yilda barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 55 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.

Futbolchining “Vasko da Gama” bilan shartnomasi 2028 yil oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Ryan transferi bo'yicha 50 million yevrolik taklif tayyorlamoqda