date

Brunu Fernandesh: Ronaldusiz o'yin yaxshiroq deganlar bor


Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh jamoa Krishtianu Ronaldu maydonda bo'lmagan paytda kuchliroq o'ynaydimi, degan savolga munosabat bildirdi. Fernandeshning aytishicha, bu mavzuda bemalol gapira oladi va odamlar nimalar deb o'ylashini ham yaxshi biladi.

«Ko'pchilik Ronaldusiz biz yaxshiroq o'ynaymiz, futbolchilar o'zini erkinroq his qiladi, deydi. Agar shunday bo'layotgan bo'lsa, buning bir qismi o'zimizning aybimiz.

Biz Krishtianu bizni to'xtatib turadigan omilga aylanib qolishiga yo'l qo'ymasligimiz kerak. U bizga juda ko'p narsa bera oladi: u eng yuqori saviyadagi futbolchi, himoyachilar e'tiborini o'ziga tortadi va sheriklari uchun bo'sh hudud yaratadi.

Har bir futbolchi jamoaga nimanidir qo'shadi va nimanidir olib qo'yadi. Krishtianu ham biz kabi jamoaning bir bo'lagi.

Biz moslashishni, bir-birimizning kuchli tomonlarimizni to'ldirishni bilishimiz kerak — shunda terma jamoa bundan yutadi», dedi Fernandesh Canal 11 telekanaliga. Portugaliya terma jamoasi yozda jahon chempionatida ishtirok etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Brunu Fernandesh: Ronaldusiz o'yin yaxshiroq deganlar bor