
Italiyalik afsonaviy darvozabon Janluiji Buffon PSJ posboni Matvey Safonovning Flamengoga qarshi Qit'alararo kubok finalidagi yorqin o'yiniga munosabat bildirdi. Hal qiluvchi uchrashuvda Safonov penaltilar seriyasining asosiy qahramoniga aylandi: u ketma-ket to'rtta zarbani qaytardi va Parij klubiga g'alabani taqdim etdi.
Uning bu chiqishi futbol jamoatchiligida keng muhokama qilindi. Safonovning o'yinini alohida e'tirof etganlar orasida Buffon ham bor.
Sport24 keltirgan iqtibosga ko'ra, sobiq Italiya terma jamoasi darvozaboni Safonov uchun xursandligini bildirib, uning iste'dodi yuqoriligini ta'kidladi: «Matvey uchun juda xursandman. U iste'dodli darvozabon, so'nggi yillarda esa o'zini ko'rsatish imkoniyatlari unchalik ko'p bo'lmadi.
Ajoyib!». Joriy mavsumda Safonov PSJ safida to'rtta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol o‘tkazib yubordi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.