Mbappe Ronaldu, Messi va Levandovski yutug'ini takrorladi

Mbappe Ronaldu, Messi va Levandovski yutug'ini takrorladi
Qisqacha

Kilian Mbappe «Talavera»ga qarshi Ispaniya kubogi 1/16 finali bahsida dubl qayd etib, «Real»ning 3:2 hisobidagi g'alabasini ta'minladi. Uning joriy kalendar yilidagi gollari soni 63 taga yetdi va u 21-asr boshidan beri bir yil ichida bu natijaga erishgan to'rtinchi futbolchiga aylandi. Avval bu marrani Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Robert Levandovski zabt etgan. Mbappe bu mavsum barcha musobaqalarda 23 o'yinda 28 gol urdi.

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya kubogi 1/16 finalida «Talavera»ga qarshi bahsda dubl qayd etdi. Uchrashuv «Real»ning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

41-daqiqada fransiyalik futbolchi penaltini aniq ijro etdi, 88-daqiqada esa o'yindan gol urdi. Madrid Xtra xabariga ko'ra, Mbappening joriy kalendar yilidagi gollari soni 63 taga yetdi.

U 21-asr boshidan beri bir yil ichida shu ko'rsatkichga erishgan to'rtinchi futbolchiga aylandi. Avval bu marrani faqat Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Robert Levandovski zabt etgan.

Kilian Mbappe bu mavsum barcha musobaqalarda 23 o'yinda 28 gol urdi. «Real» yulduzi 20-dekabr kuni 27 yoshga to'ladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar