date

Atletiko Madrid Markus Reshford transferiga qiziqish bildirdi


Hujumchi Markus Reshford ijara muddati yakunlangach ham “Barselona”da qolishni istamoqda. Biroq kataloniyaliklarning moliyaviy muammolari ingliz futbolchisini “Manchester Yunayted”dan to‘liq sotib olish jarayonini qiyinlashtirishi mumkin.

Shu bilan birga, La Ligadagi yana bir top-klub ham vaziyatni kuzatmoqda. Transfer News Live nashri El Nacional manbasiga tayanib xabar berishicha, 28 yoshli Reshford bo‘yicha transfer so‘rovi bilan “Atletiko Madrid” ham chiqishi ehtimoldan xoli emas.

2025/2026 yilgi mavsumda Markus Reshford 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali hujumchini 40 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Atletiko Madrid Markus Reshford transferiga qiziqish bildirdi