
Real Madridning hujumkor yarim himoyachisi Franko Mastantuono jamoani vaqtincha tark etish variantini ko'rib chiqmoqda. Transfer News Live El Nacional manbasiga tayanib xabar berishicha, 18 yoshli futbolchi mavsumning ikkinchi qismida muntazam o'ynash uchun ijara asosida boshqa klubga o'tishi mumkin.
Mastantuono bu orqali o'yin amaliyotini oshirib, 2026 yilgi Jahon chempionatida Argentina terma jamoasi safida maydonga tushish imkoniyatlarini kuchaytirishni maqsad qilgan. Qayd etilishicha, u Real Madriddagi uzoq muddatli kelajagiga shubha qilmaydi, faqat mundial oldidan rejalarini aniq rejalashtirmoqda.
Futbolchi yarim mavsumga mo'ljallangan ijara variantini ko'rmoqda. Transfermarkt portali Franko Mastantuononing transfer qiymatini 50 million yevroga baholagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.