date

Garri Keyn 2026 yil uchun yangi maqsadini aytdi


Myunxenning “Bavariya” klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Garri Keyn 2026 yilga mo‘ljallangan yangi yil tilagini ma’lum qildi. Uning aytishicha, asosiy istagi rivojlanishda davom etish va jamoa bilan yana bir nechta sovrinlarni qo‘lga kiritish, jumladan, Jahon chempioni bo‘lishdir.

Goal nashri Cleats Club’ga tayanib Keynning so‘zlarini keltirdi: “Yangi yil tilagim — o‘sishda davom etish va yana bir nechta jamoaviy sovrinlarni, shu jumladan Jahon chempionatini yutish”. Qur’a natijalariga ko‘ra, Angliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida Xorvatiya, Gana va Panama terma jamoalari bilan bir guruhda o‘ynaydi.

Angliyaliklar tarixda atigi bir marta — 1966 yilda — Jahon chempioni bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn 2026 yil uchun yangi maqsadini aytdi