
Bundan roppa-rosa uch yil avval Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionati finali futbol muxlislariga unutilmas bahs taqdim etgandi. Hal qiluvchi o'yinda Argentina va Fransiya asosiy hamda qo'shimcha bo'limlarda 3:3 hisobida durang qayd etib, g'olib penaltilar seriyasida aniqlangan edi.
Yakunda argentinaliklar seriyada ustun kelib, chempionlikni qo'lga kiritdi. Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi milliy jamoaning o'sha triumfini ijtimoiy tarmoqlarda esladi.
Sakkiz karra "Oltin to'p" sohibi 2022 yil 18 dekabr kuni e'lon qilgan postini qayta ulashdi. Asosiy suratda Messi jahon kubogini qo'lida ushlab turgani aks etgan.
Messi repostga uchta yulduzcha bilan ifodalangan iborani ham ilova qildi. Bu yulduzchalar Argentinaning jahon chempioni sifatidagi uchinchi unvonini anglatadi.
Mazkur jumla mazmunan shunday o'qiladi: "Jahon chempionligi uchinchi titulini qo'lga kiritganimizga uch yil bo'ldi". Uch yil avval aynan shu kunda Messi jahon kubogini boshi uzra ko'targan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.