
Argentinaning “Rasing” klubida to'p surayotgan markaziy himoyachi Marcos Roho “Inter Mayami”ning transfer ro'yxatiga kirdi. Inter Miami News Hub xabariga ko'ra, TNT Sports Argentina manbalariga tayanib, “qo'ng'iroqqushlar” laqabli klub argentinalik futbolchini bundan avval ham, undan avvalgi yilda qo'lga kiritish variantini ko'rib chiqqan, endilikda esa bu qiziqish qayta jonlangan.
35 yoshli futbolchining MLS klubiga o'tishi 2026 yil boshida amalga oshishi mumkin. Marcos Roho faoliyati davomida Moskvaning “Spartak”, Lissabonning “Sporting” hamda “Manchester Yunayted” klublarida ham o'ynagan.
Tajribali himoyachi “Rasing” safiga joriy yil avgust oyida qo'shilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.