
Qatarning «Al-Garafa» klubi hujumchisi Xoselu Madridda hanuz katta e'tiborga ega ekanini aytdi. Ispaniyalik futbolchi 2023/24 yilgi mavsumni Madridning «Real» klubida yorqin o‘tkazib, shundan so‘ng Qatarga ko‘chib o‘tgan.
«Madridda odamlar meni to‘xtatib, hozir jamoaga aynan shunday futbolchi yetishmayotgani uchun “Real”ga qaytishimni so‘rashadi. Bu men u yerda o‘ynagan paytimda hammasini to‘g‘ri qilganimning belgisi.
Men 18 ta gol urdim, bu oson emas. Odamlar eslab qoladi», — dedi 35 yoshli hujumchi Diario AS nashriga bergan intervyusida.
Xoselu 2024 yilda «Real»ga La Liga hamda Chempionlar ligasini yutishda yordam bergan. Keyinroq u Ispaniya terma jamoasi safida Yevropa chempionati g‘olibiga ham aylangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.