Marselo Real uchun Barselonadan Pedrini tanladi

Marselo Real uchun Barselonadan Pedrini tanladi
Madridning “Real” klubida to'p surgan Marselo “Barselona” tarkibidan qaysi futbolchini o'z jamoasida ko'rishni istashi haqida fikr bildirdi. Unga ko'ra, so'nggi paytlarda Lamin Yamal atrofidagi katta qiziqishga qaramay, braziliyalik sobiq himoyachining tanlovi Pedriga tushadi.

Marselo yarim himoyachining o'yinida “Real” falsafasiga mos tushadigan fazilatlar borligini ta'kidladi. “Ko'pchilik Lamin deydi.

Men ham Laminni juda yoqtiraman, ammo men Pedrini imzolagan bo'lardim. Pedrida Madridga xos nimadir bor”, — deya Marseloning so'zlarini Marca keltiradi.

Joriy mavsum La Ligada “Barselona” 43 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. “Real” esa ikkinchi o'rinda, kataloniyaliklardan to'rt ochko ortda qolmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar