date

Pedri La Ligadagi “Vilyarreal”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin


“Barselona” yarim himoyachisi Pedri La Ligada “Vilyarreal”ga qarshi bo'ladigan navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligi mumkin. 23 yoshli futbolchining jismoniy holati klubda jiddiy savollar uyg'otmoqda.

Jurnalist Xavi Migel xabariga ko'ra, kataloniyaliklar yulduz yarim himoyachining yakshanba kuni “sariq suvosti kemasi” laqabli raqibga qarshi bahsga to'liq tayyor bo'lishiga ishonch bildirmayapti. Ehtimol, Hans-Diter Flik Pedrini qaydnomaga kiritadi, biroq uni asosiy tarkibda maydonga tushira olmasligi mumkin.

Seshanba kuni Pedri Kubok bahsida “Deportivo Gvadalaxara”ga qarshi o'yinda 75-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Uchrashuv “Barselona”ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Hozirda “Barselona” turnir jadvalida 43 ochko bilan peshqadam, “Vilyarreal” esa 35 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. “Vilyarreal”ning yana ikki o'yini zaxirada.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pedri La Ligadagi “Vilyarreal”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin