Gattuzo Davide Bartesagini Italiya terma jamoasiga chaqirishi mumkin

Italiyaning “Milan” klubidagi so'nggi o'yinlari bilan ko'zga tashlangan Davide Bartesagi milliy terma jamoaga chaqiruv olishi mumkin. Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo futbolchining o'sishini diqqat bilan kuzatayotgani va uni “Skuadra adzurra” safiga taklif etishga tayyorligini bildirdi.
“Negaki yo'q? U juda yaxshi ishlayapti.
U, Palestra, Dzanyolo — istiqbolli italiyalik yoshlar. Ko'ramiz.
Biz hammani sinchiklab kuzatib boramiz”, — deya Gattuzoning so'zlarini pianetamilan.it keltiradi. Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi navbatdagi Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritish uchun pley-off o'yinlarida o'z imkoniyatini tasdiqlashi kerak bo'ladi.
Avvalo, u Irlandiya terma jamoasini mag'lub etishi zarur. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing