Kristensen «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor

«Barselona»ning markaziy himoyachisi Andreas Kristensen klubda qolishni istamoqda. 29 yoshli daniyalik futbolchining amaldagi shartnomasi mavsum yakunida tugaydi.
Jurnalist Roher Torelyoning xabar berishicha, Kristensen yangi bitim taklif etilishiga umid qilmoqda va «ko'k-anorranglilar» safida qolish uchun juda katta moliyaviy takliflardan ham voz kechishga tayyor. Manbaga ko'ra, Kristensen klub rahbariyati ishonchini qozonish uchun mavsumning qolgan uchrashuvlarida o'zini yana bir bor isbotlashi lozimligini ham yaxshi tushunadi.
Ispaniya Kubogidagi «Deportivo Gvadalaxara»ga qarshi so'nggi uchrashuvda himoyachi joriy mavsumdagi ilk golini urdi. Umuman olganda, u bu mavsum maydonga 17 marta tushgan.
Avvalroq Kristensenga Saudiya Arabistoni chempionati klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing