date

Paulu Futre Yamalning eng zo'r bo'lishi haqida gapirdi


Portugaliya terma jamoasining sobiq futbolchisi, “Portu” va Madridning “Atletiko” klublaridagi o'yinlari bilan tanilgan Paulu Futre “Barselona” vingeri Lamin Yamal haqida fikr bildirdi. Marca xabariga ko'ra, u mashhur shoulardan biriga bergan ochiq intervyusida yosh futbolchiga o'ziga xos maslahat berdi.

Futrening aytishicha, Yamal “qachonki uning sevgilisi bo'lsa”, juda tez orada dunyoning eng yaxshi o'yinchisiga aylanishi mumkin. Suhbat davomida Futre o'z hayotidan ham misol keltirdi.

U Izabel Pintu bilan tanishgani uning turmush tarzini o'zgartirganini eslab, shunday dedi: “Farzandlarimning onasi bilan uchrashganimdan so'ng futbolda yuz foiz professional bo'ldim”. Futre ta'kidlashicha, aynan shu o'zgarish unga “Portu” kiyinish xonasida hurmat va obro' keltirgan.

Uning so'zlariga ko'ra, faoliyatga xalal beradigan omillar chetga chiqib, ularning o'rnini mas'uliyat hissi egallagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Paulu Futre Yamalning eng zo'r bo'lishi haqida gapirdi