date

Reynders «Etihad»da ilk golini urdi, «Siti» yetakchiga aylandi

Reynders «Etihad»da ilk golini urdi, «Siti» yetakchiga aylandi

Angliya Premer-ligasining 17-turida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Vest Hem»ni ishonchli 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuv «shaharliklar» yarimhimoyachisi Tijani Reynders uchun alohida ahamiyat kasb etdi.

Niderlandiyalik futbolchi «Etihad» stadionidagi faoliyatidagi ilk golini aynan shu bellashuvda nishonladi. Uchrashuv boshida Erling Xoland tezkor ravishda hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim yakuniga yaqin Reynders raqib darvozasini ishg‘ol etib, jamoasining ustunligini 2:0 ga yetkazdi.

Qayd etish joiz, Reynders joriy mavsumda bu paytgacha faqat safar o‘yinlarida gol urib kelayotgan edi. Shu bois «Etihad»da urilgan ilk to‘p u uchun nafaqat statistik, balki ruhiy jihatdan ham muhim bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda esa Xoland yana bir bor o‘z so‘zini aytdi. Norvegiyalik hujumchi dubl rasmiylashtirib, «Manchester Siti»ning yirik va ishonchli g‘alabasini ta’minladi. Ushbu natijadan so‘ng Gvardiola shogirdlari turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Bellashuvdan keyin Reynders o‘z his-tuyg‘ularini yashirmadi:

— «Nihoyat “Etihad”da gol urish nasib etdi. Buni ancha vaqt kutgandim. G‘alaba va jamoamizning o‘sishi quvonarli. Biz shu sur’atni saqlab qolishimiz kerak», — dedi u.

Ma’lumot o‘rnida, 27 yoshli yarimhimoyachi joriy mavsum «Manchester Siti» safida barcha musobaqlarda 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Reyndersning barqaror o‘yini jamoaning chempionlik kurashida muhim omillardan biri bo‘lib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Reynders «Etihad»da ilk golini urdi, «Siti» yetakchiga aylandi