
Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior “Sevilya”ga qarshi uchrashuvda zaxiraga olinganiga ijtimoiy tarmoqlarda munosabat bildirdi. Ispaniya La Ligasining 17-turi doirasida jamoalar “Santyago Bernabeu” stadionida to'qnash keldi.
“Real” 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Bosh murabbiy Xabi Alonso 83-daqiqada Vinisiusni almashtirdi.
Shundan so'ng braziliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidan “Real” futbolkasi bilan tushgan fotosuratni o'chirdi, statusiga esa uch nuqta qoldirdi. Vinisius so'nggi bor oktyabr oyida gol urgan.
Avvalroq matbuotda uning Alonso bilan munosabatlari oson emasligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Bu g'alabadan keyin “Real” 42 ochko jamg'arib, yetakchi “Barselona”dan ortda qolishini minimum darajagacha qisqartirdi.
Biroq kataloniyaliklar zaxirada bitta o'yinga ega. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.