date

Chelsi Renndan himoyachi Jeremi Jakeni sotib olmoqchi


Fransiyaning “Renn” klubi markaziy himoyachisi Jeremi Jake Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Le Parisien jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 20 yoshli futbolchini Londonning “Chelsi” klubi tarkibiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. “Ko‘klar” Jakeni transfer qilish uchun asosiy da’vogarlar qatorida tilga olinmoqda.

Jake 2024 yil yanvaridan buyon “Renn” safida to‘p surib keladi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Futbolchining taxminiy bozor qiymati 20 million yevroga baholanmoqda. Joriy mavsumda Fransiya chempionatida himoyachi 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

U bu o‘yinlarda uchta sariq kartochka oldi va bir bor maydondan chetlatildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chelsi Renndan himoyachi Jeremi Jakeni sotib olmoqchi