Luish Kashtru Ispaniyaning Levante klubini boshqaradi

Luish Kashtru Ispaniyaning Levante klubini boshqaradi
Ispaniya chempionatining eng so'nggi pog'onasida borayotgan Levante klubida bosh murabbiy almashdi. Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi lavozimiga Luish Kashtru tayinlandi.

Mutaxassis avvalroq Fransiyaning Nant klubida ishlagan. Levante La Liga turnir jadvalini yakunlab turibdi: jamoa 16 o'yinda atigi 10 ochko jamg'argan.

So'nggi uchrashuvda esa Levante Real Sosyedad bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. Levante navbatdagi tur doirasida safarda Sevilya mehmoni bo'ladi.

Uchrashuv 4-yanvar kuni Ramon Sanches Pisxuan stadionida o'tkaziladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar