
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liga doirasidagi yakshanba kungi “Vilyarreal”ga qarshi o'yinda raqib futbolchisiga ko'rsatilgan qizil karta haqida fikr bildirdi. Uchrashuvning 39-daqiqasida “sariq suvosti kemasi” himoyachisi Renatu Veyga Lamine Yamalga qo'pol tarzda qoida buzganidan so'ng to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi.
Hakam qarori bahs-munozaralarga sabab bo'lsa-da, Flik fikricha, referi mutlaqo to'g'ri qaror chiqargan. “Bu aniq qizil karta.
Lamin bilan juda qo'pol o'ynashadi, u buni yengib o'tishi kerak. Urilgan gol — eng yaxshi javob”, — deya Flik so'zlarini keltiradi Jijantes.
Bahs kataloniyaliklar g'alabasi bilan yakunlandi — 2:0. Yakuniy hisobni 63-daqiqada Yamal o'zi gol urib belgiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.