date

Lingard Janubiy Koreyada uni hayratga solgan odatni aytdi


2024 yilda angliyalik futbolchi Jessi Lingard jasoratli qaror qabul qilib, Angliyani tark etdi va yevropaliklar uchun noodatiy sanaladigan Janubiy Koreya chempionatida to'p surishga yo'l oldi. U yangi madaniyatga moslashish jarayonida ko'p narsalar uni hayratga solganini aytdi.

Lingardning ta'kidlashicha, eng qiziq holatlardan biri koreyslar bilan birga ovqatlanish tartibiga bog'liq. Futbolchi so'zlariga ko'ra, ular odatda yoshi kattaroq odam ovqatni boshlashini kutishadi, u esa bu vaziyatda xorijlik bo'lgani uchun ham hamma avval uning harakatini poylaydi.

"Ular doim ovqatni yoshi kattaroq yoki xorijlik odam boshlashini kutishadi, bu holatda men. Ya'ni ularga taom keltirilsa-yu, menga hali keltirilmagan bo'lsa, men ham likopcha oldimga qo'yilmaguncha kutib turishadi.

Agar sen ovqatlanishni boshlamasang, ular ham taomga qo'l urmaydi va bu holat butun kech davom etishi mumkin. Bu meni juda hayratga solardi", deya Lingardning so'zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.

Hozirda Jessi Lingard erkin agent hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lingard Janubiy Koreyada uni hayratga solgan odatni aytdi