
Yaqinda "Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezush tizzasidan olgan jarohatidan tiklanib, safga qaytdi. Shundan beri braziliyalik futbolchi uch marta zaxiradan maydonga tushdi.
"To‘pchilar" bosh murabbiyi Mikel Arteta Jezush Liga kubogida "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkinmi, degan savolga javob berdi. "Ha, mumkin.
Hozirning o‘zidayoq uning buni qanchalik istayotgani ko‘rinib turibdi. Juda tez orada u o‘z imkoniyatini qo‘lga kiritadi", — deya Artetaning so‘zlarini Goal portali keltiradi.
"Arsenal" va "Kristal Pelas" Liga kubogi chorak final uchrashuvini seshanba, 23 dekabr kuni o‘tkazadi. Qarama-qarshilik g‘olibi yarim finalga yo‘l oladi va u yerda "Chelsi"ga qarshi o‘ynaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.