
Kilijan Mbappe gollar soni bo‘yicha Tyerri Anri bilan tenglashdi va endi jahon futboli tarixida fransuzlar orasida u bilan birga ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Bu haqda Onefootball xabar berdi.
20 dekabr kuni futbolchi Ispaniya chempionatining 17-turi doirasidagi «Sevilya»ga qarshi o‘yinda gol urib, klubning 2:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Endi uning hisobida faoliyati davomida 411 ta gol bor.
Birinchi o‘rinda 506 ta gol ko‘rsatkichi bilan hozirda Saudiya Arabistonida faoliyatini davom ettirayotgan Karim Benzema turibdi. Avvalroq Mbappe jarima maydoni tashqarisidan urilgan gollar bo‘yicha yetakchi ekani, shuningdek u bir kalendar yil ichida urilgan gollar bo‘yicha klub rekordini takrorlagani ma’lum bo‘lgandi.
Bu rekordni Krishtianu Ronaldu o‘rnatgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.