date

"Arsenal" derbida penaltilar orqali yarimfinalga chiqdi (video)

"Arsenal" derbida penaltilar orqali yarimfinalga chiqdi (video)

Angliya Liga kubogi chorakfinalining so‘nggi bahsida "Arsenal" o‘z maydonida London derbisida "Kristal Pelas"ni qabul qildi. Emotsiyalarga boy, oxirigacha kurashga to‘la o‘yin muxlislarga haqiqiy kubok dramasini taqdim etdi.

Bellashuvning asosiy vaqtida tomonlar g‘alabani aniqlay olmadi. Uchrashuvning 80-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Lakrua o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi va mezbonlar hisobda oldinga chiqdi. Biroq «Kristal Pelas» taslim bo‘lmadi. Qo‘shimcha vaqtning 90+5-daqiqasida Mark Gehi burchak zarbasidan keyin to‘pni aniq yo‘llab, hisobni tenglashtirdi va o‘yinni penaltilar seriyasiga olib chiqdi.

Penaltilarda haqiqiy asablar jangi kuzatildi. Ikki jamoa ham deyarli xatosiz harakat qildi, ammo hal qiluvchi lahzalarda omad «Arsenal» tomonida bo‘ldi. Natijada seriya 8:7 hisobida yakunlandi va «to‘pchilar» yarimfinalga yo‘l oldi.

Angliya Liga kubogi. 1/4 final

Arsenal — Kristal Pelas 1:1 (penalti: 8:7)

Gollar: Lakrua 80, avtogol – Gehi 90+5

Arsenal — Arrisabalaga, Timber, Saliba, Kalafiori, Lyuis-Skelli, Norgar, Merino, Madueke (Saka, 67), Martinelli (Trossar, 59), Jezus (Rays, 86), Eze (Edegor, 67).

Kristal Pelas — Benites, Kanvot (Kleyn, 46), Richards (Xyuz, 76), Lakrua, Gehi, Mitchell (Sosa, 90+11), Uorton, Lerma, Pino (Uche, 86), Nketia (Devenni, 46), Mateta.

Ogohlantirish: Arrisabalaga 89

Shu tariqa, Mikel Arteta shogirdlari turnirdagi yurishini davom ettiradi. Yarimfinalda «Arsenal»ni yana bir prinsipial to‘qnashuv kutib turibdi — jamoa "Chelsi"ga qarshi maydonga chiqadi.

Liga kubogidagi bu g‘alaba «Arsenal» uchun nafaqat navbatdagi bosqich, balki ruhiy ustunlik ham berdi. Endi jamoa chempionlik orzusini yanada ishonch bilan davom ettirish niyatida. Muxlislar esa oldindagi derbini allaqachon intiqlik bilan kuta boshladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Arsenal" derbida penaltilar orqali yarimfinalga chiqdi (video)