
Italiya terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo o‘z faoliyatida 2006 yilgi jahon chempionatida Italiyani g‘alabaga olib chiqqan sobiq murabbiy Marchello Lippiga tayanishini aytdi. Gattuzo o‘sha tarkibda o‘ynagan va Lippini juda yuqori baholaydi.
"Men unga minnatdorman va murabbiylik faoliyatida uni o‘zimga ibrat deb bilishimni inkor etmayman. O‘yinchilarning ishonchini qozonishni istasang, izchil bo‘lish, samimiy bo‘lish kerak", — deya Gattuzoning so‘zlarini pianetamilan.it keltiradi.
Marchello Lippi 2004 yildan 2010 yilgacha Italiya terma jamoasini boshqargan, biroq 2006–2008 yillar oralig‘ida tanaffus bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.