Ramosning agenti uni “Milan”ga taklif qildi

Ramosning agenti uni “Milan”ga taklif qildi
Qisqacha

Serxio Ramos Meksikani tark etib, Yevropada raqobatbardosh muhit izlamoqda. Uning agenti “Milan” rahbariyatiga murojaat qilib, hamkorlik istiqbollari haqida so‘ragan. “Milan” avval Tiyago Silvani qo‘ldan boy bergan va Ramos bilan bunday holat takrorlanmasligi uchun harakat qilishi mumkin. Serxio Ramos Italiyada hali hech qachon o‘ynamagan.

Ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos so‘nggi paytlarda o‘ynab kelgan Meksikani tark etdi va Yevropada raqobatbardosh muhit izlamoqda. Italiyaning Repubblica nashri aniqlik kiritishicha, uning agenti hatto “Milan” rahbariyatiga murojaat qilib, hamkorlik istiqbollari haqida so‘ragan.

Avvalroq ham Ramos Yevropaga qaytgach, “rossoneri”ni uning xizmatiga asosiy da’vogarlar qatorida ko‘rish mumkinligi haqida xabar bergandik. Klub Tiyago Silvani qo‘ldan boy bergan, endi esa Ramos bilan ham shunday holat takrorlanmasligi uchun, ehtimol, ko‘proq sa’y-harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, yulduzli ispaniyalik futbolchi Italiyada hech qachon o‘ynamagan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar