Martines Ronalduning Portugaliya asosida qolishini tushuntirdi

Martines Ronalduning Portugaliya asosida qolishini tushuntirdi
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronaldu nega hanuzgacha asosiy tarkibning shubhasiz futbolchisi bo‘lib qolayotganiga izoh berdi. «Kayfiyat.

Biz doimiy tahlil qiladigan uchta omil bor: iste’dod, tajriba va u terma jamoaga olib kiradigan kayfiyat. Uning o‘ziga qo‘yadigan eng yuqori talabchanligi, yonimizda bo‘lib, yordam berishga tayyorligi — aynan shu Ronalduning doimiy ravishda qaydnomada qolishiga imkon beradi.

Uning eng zo‘r bo‘lishga intilishi yuqumli. U gollar uradi va terma jamoaga juda katta foyda keltiradi», — deya Martinesning so‘zlarini Marca keltirdi.

2026 yil yozida Portugaliya terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi. Turnirni uch davlat — AQSH, Kanada va Meksika qabul qiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar