Flik «Barselona»dagi kelajak rejasini o‘zgartirishi mumkin

«Barselona» Hans-Diter Flik bilan bog‘lanib, murabbiy shartnomani yana bir yilga — 2027/2028 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirishga tayyormi-yo‘qligini so‘radi. Dastlab Flik amaldagi shartnomasini to‘liq ishlab, 2027 yil yozida nafaqaga chiqishni rejalashtirgan.
Biroq «Barselona» hozir Flik mehnat shartnomasini uzaytirish masalasiga avvalgidan ko‘ra ochiqroq qarayotganini aniqladi. Nemis mutaxassisi «ko‘k-anorranglilar»ning sport loyihasidan, ayniqsa klub akademiyasidan juda mamnun.
Shu bilan birga, Flik shoshilmayapti. Uning fikricha, shartnomani uzaytirish bo‘yicha masalani hozirdanoq hal qilishga hali erta, deya xabar beradi COPE.
«Barselona» Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing