date

«Al-Ahli» bosh murabbiyi kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

«Al-Ahli» bosh murabbiyi kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

«Al-Ahli» — «Andijon» (2:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Yunus Ali hamda bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Mishel Vlap ishtirok etib, o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Yunus Alining ta’kidlashicha, bahs natijasiga qaramay, maydonda oson g‘alaba bo‘lmagan:

— Avvalo, barchangizga rahmat. Menimcha, bu juda og‘ir va murosasiz o‘yin bo‘ldi. Biz kuchli raqibga qarshi maydonga tushdik. «Andijon» intizomli va jips harakat qildi. O‘yin oldidan futbolchilarimga raqibga imkoniyat qoldirmaslikni tayinlagan edim. Buni bajarish oson emasdi, ammo jamoa vazifani uddalay oldi, deb o‘ylayman. Biz o‘z o‘yinimizni namoyish etdik, ko‘plab golli vaziyatlar yaratdik. Rostini aytsam, natija yanada yirik bo‘lishi ham mumkin edi. Eng muhimi — g‘alaba va qo‘lga kiritilgan 3 ochko, — dedi ustoz.

Uchrashuvning qahramoni sifatida e’tirof etilgan Mishel Vlap ham jamoaviy harakatni alohida ta’kidladi:

— Menimcha, biz o‘yinni to‘g‘ri reja asosida tashkil etdik. To‘p bilan ishlashda ham juda ishonchli ko‘rindik. Maydonga tushar ekanmiz, yagona maqsadimiz g‘alaba edi. Shu bilan birga, yaxshi o‘yin ko‘rsatish ham muhim edi va jamoada bunga hamma tayyor edi. Bugun ikkita gol urdim, hatto uchta bo‘lishi ham mumkin edi. Ammo ba’zan imkoniyatlardan foydalanib qolish qiyin bo‘ladi. Biroz charchoq bor edi, shunga qaramay, bu uchrashuv men uchun juda yoqimli bo‘ldi. Eng asosiysi — jamoam g‘alaba qozondi va biz 3 ochkoni qo‘lga kiritdik, — dedi Vlap.

Shu tariqa, "Al-Ahli" ushbu g‘alaba orqali mavqeini mustahkamlab 10 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni egalladi. Jamoa nafaqat natija, balki maydondagi ishonchli va jips o‘yini bilan ham muxlislarini xursand qildi. «Andijon» esa mag‘lubiyatga uchrab, 5 ochko bilan guruhda oxirgi o‘rinda qoldi. Nufuzi bo‘yicha Osiyoda ikkinchi o‘rinda turadigan musobaqaning "B" guruhida "Al-Ahli" (10 ochko) va "Arkadag‘" (7 ochko) keyingi bosqichga chiqishni uddaladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Al-Ahli» bosh murabbiyi kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?