date

«Osasuna» «Atletiko» himoyachisi Xavi Galan bilan kelishuvga erishdi


«Osasuna» Madridning «Atletiko» klubi himoyachisi Xavi Galan bilan kelishuvga erishdi. Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, transfer 500 ming yevro evaziga amalga oshadi, shuningdek shuncha miqdorda bonuslar ham ko‘zda tutilgan.

31 yoshli ispaniyalik futbolchining bozor qiymati 3,5 mln yevroni tashkil etadi. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2026 yil 30 iyunda yakunlanadi, shundan so‘ng u erkin agentga aylanadi.

2025/2026 yilgi mavsumda Galan barcha musobaqalarda, jumladan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham, 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Galan 2024 yil yozida «Real Sosyedad»dan «Atletiko»ga o‘tgan, biroq «matraschilar» tarkibida o‘z o‘rnini mustahkamlab ololmadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Osasuna» «Atletiko» himoyachisi Xavi Galan bilan kelishuvga erishdi