date

Fermin Lopes «Barselona»ning hozirgi va o‘tgan mavsumini solishtirdi


«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes jamoaning hozirgi darajasi haqida fikr bildirdi. Kataloniyaliklar La Ligada peshqadamlik qilmoqda, Chempionlar ligasining umumiy bosqichi jadvalida esa 15-o‘rinda bormoqda.

Ispaniya Kubogida Xans-Diter Flik jamoasi allaqachon 1/8 finalga chiqdi. «O‘ylaymanki, biz barcha sovrinlar uchun kurasha olamiz.

Biz avvalgi darajani saqlab qolyapmiz, hozir ham tarkibimiz o‘tgan mavsumdagiga deyarli teng, faqat tarkibda bir nechta o‘zgarishlar bor. So‘nggi paytlarda yaxshi o‘yin ko‘rsatyapmiz», — deya Fermin so‘zlarini ispan OAV keltiradi.

«Ko‘k-anorranglilar»ning navbatdagi o‘yini 3-yanvar kuni chempionatning 19-turi doirasida «Espanyol»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fermin Lopes «Barselona»ning hozirgi va o‘tgan mavsumini solishtirdi