date

Fermin Lopes Flik «Barselona»da undan nimani talab qilishini aytdi


«Barselona»ning hujumkor yarim himoyachisi Fermin Lopes jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flikning undan nimalarni talab qilishi haqida fikr bildirdi. 22 yoshli futbolchi har doim ham «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy tarkibida maydonga tushmaydi, biroq uning statistikasi baribir ta’sirli ko‘rinadi — joriy mavsumdagi 18 o‘yinda 7 ta gol va 4 ta golli uzatma.

«Murabbiy mendan yuqori intensivlikni, pressingda faol ishtirok etishni, vertikallikni, to‘pga egalik qilganda xotirjam bo‘lishni, jarima maydoniga qo‘shilib borishni, darvozaga zarba berishni talab qiladi. Men doim aynan shunday uslubda o‘ynashga harakat qilganman.

Flik ishonch bag‘ishlaydi, u bilan ishlash menga qulay», — dedi Fermin intervyuda. 3 yanvar kuni «Barselona» La Ligada «Espanyol»ga qarshi o‘ynaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fermin Lopes Flik «Barselona»da undan nimani talab qilishini aytdi