Romano "Yuventus" va "Barselona" qiziqayotgan futbolchini aytdi

Romano "Yuventus" va "Barselona" qiziqayotgan futbolchini aytdi

Romano "Yuventus" va "Barselona" qiziqayotgan futbolchini aytdi
"Barselona" va "Yuventus" Markos Senesiga qiziqish bildirayotgan klublar qatoriga kiradi. Gap "Bornmut"ning markaziy himoyachisi haqida ketmoqda.

28 yoshli argentinalikka "Barselona" va "Yuventus" qiziqayotgani haqida taniqli jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi. Senesining "Bornmut" bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.

Shunday ekan, yaqin yozda argentinalik himoyachini erkin agent sifatida imzolash mumkin bo‘ladi. Transfermarkt portali mutaxassislari Markos Senesining qiymatini 22 million yevroga baholamoqda.

"Bornmut" hozir APL turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar