date

Van Basten "Barselona" futbolchisini dunyoning eng yaxshisi dedi

Van Basten "Barselona" futbolchisini dunyoning eng yaxshisi dedi
Mashhur niderlandiyalik sobiq futbolchi Marko van Basten hozirgi paytda kimni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb bilishini aytdi. Sobiq hujumchi "Barselona"ning 18 yoshli vingeri Lamin Yamalni alohida ta'kidladi.

"Shubhasiz, Yamal hozir ayni paytda dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Men faqat uning o'yinidan imkon qadar uzoqroq bahramand bo'la olishimizni umid qilaman", — deya 61 yoshli niderlandiyalikning so'zlarini Barca Universal keltirdi.

"Ko'k-anorranglilar"ning yosh yulduzi Hans-Diter Flik jamoasi safida joriy mavsumdagi 20 o'yinda 9 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma berdi. "Oltin to'p" — 2025 uchun kurashda ispaniyalik futbolchi "PSJ" vakili Usmon Dembelega imkoniyatni boy berib, ikkinchi o'rinni egalladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Van Basten "Barselona" futbolchisini dunyoning eng yaxshisi dedi