APL himoyachisi "Barselona"ga o‘tishga tayyor, muammo bor

"Bornmut"ning markaziy himoyachisi Markos Senesi "Barselona"ga o‘tish variantini ma’qullamoqda. "Ko‘k-anorranglilar" argentinalik futbolchiga asosiy da’vogarlar qatorida ko‘rilmoqda.
Senesi kelishuvga qiziqmoqda, biroq "Barselona" yarim yildan keyin erkin agent sifatida qo‘lga kiritish mumkin bo‘ladigan futbolchi uchun pul to‘lashni istamayapti, deya xabar beradi Sport. Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar 28 yoshli futbolchini ijaraga olib, amaldagi shartnomasi bo‘yicha uning butun maoshini to‘lab berishi mumkin.
Shuningdek, ancha arzonlashtirilgan narxda sotib olish varianti ham istisno qilinmayapti. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Markos Senesiga Madridning "Atletiko"si va "Yuventus" ham qiziqish bildirmoqda.
Transfermarkt markaziy himoyachining qiymatini 22 mln yevroga baholagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing