date

"Barselona" bosh murabbiyi Flik 2025 yil natijalarini sarhisob qildi

"Barselona" bosh murabbiyi Flik 2025 yil natijalarini sarhisob qildi
"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik yakunlanayotgan yil natijalarini sarhisob qilib, kelayotgan yildan nimalar kutayotganini aytib o‘tdi. 2025 yilda "ko‘k-anorranglilar" La Liga, Ispaniya Kubogi va mamlakat Superkubogida g‘olib bo‘ldi, shuningdek, uzoq tanaffusdan so‘ng Chempionlar Ligasi yarim finalida ishtirok etdi.

"Bu men, murabbiylar shtabi, klub va muxlislar uchun hayratlanarli va juda muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. Bu yerda boshimdan kechirayotgan voqealar aql bovar qilmaydi.

Juda baxtiyorman. Ammo bularning barchasi o‘tmishda qoldi – hozirgi mavsum oxirida yana muvaffaqiyatga erishish uchun ishlashda davom etishimiz kerak.

2026 yilda oldimizda buyuk maqsadlar turibdi. Oldingi yutuqlarimiz ajoyib, lekin oldinga intilishimiz zarur.

Aynan shu bilan shug‘ullanamiz", – deya Flikning so‘zlarini keltiradi Managing Barca. Yangi yildagi ilk uchrashuvini "Barselona" 3 yanvar kuni safarda "Espanol"ga qarshi derbida o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Barselona" bosh murabbiyi Flik 2025 yil natijalarini sarhisob qildi