
"Barselona"ga "Benfika" himoyachisi Nikolas Otamendini qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi 37 yoshli argentinalik futbolchini qishki transfer oynasida tarkibga qo‘shish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Biroq portugaliyalik jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo "burgutlar" rahbariyatidan Otamendi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni imkon qadar tezroq yakunlashni so‘ragan. Maqsad — uning "ko‘k-anorranglilar" safiga ehtimoliy o‘tib ketishining oldini olish.
Nikolas Otamendi 2020 yilda "Manchester Siti"dan "Benfika"ga 15 million yevro evaziga o‘tgan. Uning portugaliyalik klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda himoyachi 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.