date
views 5 592

«Barselona» himoyachisi Vidal jiddiy jarohat oldi

«Barselona» himoyachisi Vidal jiddiy jarohat oldi

«Barselona» klubi himoyachisi Aleyks Vidal «Alaves»ga (6:0) qarshi kechgan o‘yinda to‘pig‘idan jiddiy jarohat oldi, deb yozadi Fut.uz sayti.

Uchrashuvning 84-daqiqasida 27 yoshli futbolchi raqib himoyachisi Teo Bernar Fransua bilan to‘qnashuvdan so‘ng, o‘ng to‘pig‘ini shikastlab oldi va maydonni tark etdi. U paytgacha «Barselona» uchta o‘yinchi almashtirish imkoniyatidan foydalanib bo‘lgani sababli, o‘yinni o‘nta bo‘lib yakunlashga majbur bo‘ldi.

O‘yindan so‘ng Fransua jarohat etkazgani uchun Vidaldan kechirim so‘rashini aytgan: «Vidal qanday holatdaligini ko‘rmoqchiman va undan kechirim so‘ramoqchiman».
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» himoyachisi Vidal jiddiy jarohat oldi