Real qishki transfer oynasida futbolchi sotib olmaydi

«Real» qishki transfer oynasida futbolchi sotib olmaydi. Madrid klubi bo‘yicha ixtisoslashgan jurnalist Mario Kortegananing ma’lumotiga ko‘ra, «qaymoqranglilar»da yanvar transfer oynasi uchun umumiy qoida bor: «Yanvarda yaxshi futbolchilarni qo‘lga kiritib bo‘lmaydi, bo‘lsa ham ularning narxi haddan tashqari oshirib yuborilgan bo‘ladi».
Ispaniya chempionatining 18-turidan so‘ng «Real» 42 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Qaymoqranglilar»ning peshqadam «Barselona»dan ortda qolishi 4 ochkoni tashkil etadi.
Keyingi o‘yinda madridliklar 4-yanvar kuni o‘z maydonida «Betis»ni qabul qiladi. Shundan so‘ng «Real» Ispaniya Superkubogi yarim finalida «Atletiko»ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing