date

Matteus Bundesliganing eng yaxshi futbolchisini aytdi

Matteus Bundesliganing eng yaxshi futbolchisini aytdi
«Bavariya»ning sobiq futbolchisi va 1990 yilgi «Oltin to'p» sohibi Lotar Matteus hozirgi paytda Bundesliganing eng yaxshi futbolchisini aytdi. «Menimcha, hozir, shubhasiz, Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi Garri Keyn.

U nafaqat to'purarlar poygasida 19 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda. Uning maydonda ham, maydon tashqarisida ham futbolga bo'lgan munosabati bu mutlaqo boshqa Keyn ekanini ko'rsatadi, «Bavariya» ikki yil avval sotib olgan Keyn emas.

Uni klubda Levandovskining o'rnini to'purar sifatida bosishi uchun olib kelishgandi, biroq Keyn jamoaga bundan ancha ko'proq narsa qo'shmoqda. Hamma uning «Bavariya»da uzoq qolishidan umidvor», — deya Matteusning so'zlarini Sky Sports keltiradi.

Garri Keyn 2023 yil yozida «Tottenhem»dan «Bavariya»ga 95 million yevro evaziga o'tgan. Uning shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.

Joriy mavsumda angliyalik futbolchi Myunxen klubida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Matteus Bundesliganing eng yaxshi futbolchisini aytdi