
Madridning "Real" klubi chap qanot himoyachisi Ferlan Mendini qo'yib yuborishga tayyor. 30 yoshli futbolchi joriy mavsum davomida maydonga atigi bir marta tushdi — uni jarohatlar bilan bog'liq muammolar tinch qo'ymayapti.
Jurnalist Mario Kortehananing ma'lumotiga ko'ra, "Real" rahbariyati fransuz futbolchini mamnuniyat bilan qo'yib yuborgan bo'lardi, biroq uning ketishini ta'minlash oson bo'lmaydi: futbolchi klubni tark etishni istamaydi, uning shartnomasi esa faqat 2028 yilda yakunlanadi. Transfermarkt portalida Ferlan Mendining taxminiy qiymati 8 mln yevroni tashkil etadi.
U 2019 yil yozida "Lion"dan ko'chib o'tganidan beri "qaymoqranglilar" safida jami 202 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol va 9 ta assist qayd etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.