date

Kiryakov Osiyoda futbol darajasi butunlay boshqacha dedi

Kiryakov Osiyoda futbol darajasi butunlay boshqacha dedi
Moskvaning «Dinamo» klubi sobiq hujumchisi va Rossiya terma jamoasining eks futbolchisi Sergey Kiryakov Rossiya futbol ittifoqi (RFI) rahbari Aleksandr Dyukovning so‘zlariga munosabat bildirdi. Dyukov UEFAni tark etib, boshqa qit’a tashkilotiga o‘tmaslik haqidagi qaror «yagona mumkin bo‘lgan» yechim bo‘lganini ta’kidlagan.

«Osiyoda daraja butunlay boshqacha — Yevropa jamoalaridagidek emas. Qolish to‘g‘ri qaror, yaxshisi tanaffus olish. Agar u yerda o‘ynaganimizda, Rossiya futboli darajasi shubhasiz pasayardi», — deya Kiryakovning so‘zlarini «Sovetskiy sport» keltiradi. Rossiya terma jamoasi 2022 yildan buyon UEFA va FIFA turnirlarida qatnashishdan chetlatilgan.

Bir paytlar RFI Osiyo futbol konfederatsiyasiga o‘tish variantini ham ko‘rib chiqqan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kiryakov Osiyoda futbol darajasi butunlay boshqacha dedi