Ispaniyadagi havaskor klub Vinisiusni o'z safiga chorlamoqda

Ispaniyada braziliyalik hujumchi Vinisiusni hamma ham birdek yoqtirmaydi, degan gaplar yuradi. Bunga uning maydondagi bahsli epizodlar bo'yicha tez-tez e'tiroz bildirishi sabab qilib ko'rsatiladi. Biroq bu fikr hamma joyda ham to'g'ri emas. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yaqinda havaskor darajada ishtirok etuvchi «Banyesa» klubi rahbariyati futbolchini ochiq qo'llab-quvvatladi va hatto muxlislariga uni klubga taklif qilish niyati borligini aytdi.
Klub prezidenti Gonsalo Prieto Rojdestvo bayrami tadbirida yig'ilganlar oldida hazilomuz ohangda: «Agar vaziyat yoqmayotgan bo'lsa, biznikiga o't», dedi. Bu gap yig'ilganlar, jumladan futbolchilar va mahalliy aholining kulgusiga sabab bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Vinisius 2019 yildan beri Madridning «Real» jamoasida o'ynaydi. U joriy mavsum Ispaniya chempionatida 5 ta gol urishga ulgurgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!