Real Ryùdiger va Karvaxal bo'yicha qarorini keyinroq beradi

Madridning «Real» klubi himoyachilar Antonio Ryùdiger va Daniyel Karvaxal bo'yicha yakuniy qarorni hozircha qabul qilgani yo'q. Har ikki futbolchining amaldagi shartnomasi olti oydan keyin tugaydi, biroq uni uzaytirish bo'yicha muzokaralar hali boshlanmagan. Klub keyingi hamkorlik masalasini futbolchilarning o'yin darajasi va sog'lig'ini hisobga olgan holda keyinroq hal qiladi.
Madridning «Real» klubi himoyachilar Antonio Ryùdiger va Daniyel Karvaxalning kelajagi yuzasidan hozircha yakuniy xulosaga kelgani yo'q. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Har ikki futbolchining amaldagi shartnomasi olti oydan keyin yakuniga yetadi, biroq hozircha uni uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borilmayapti. Jurnalist Mario Kortexananing xabariga ko'ra, klub keyingi hamkorlik masalasini keyinroq hal qiladi — qarorga futbolchilarning o'yin darajasi hamda sog'lig'i sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
Ryùdiger mart oyida 33 yoshga to'ladi, Karvaxal esa yanvarda 34 yoshni qarshi oladi.
«Qaymoqranglilar»ning navbatdagi uchrashuvi 4-yanvar kuni «Betis»ga qarshi bo'lib o'tadi.






























Izohlar 0
…