date

Real Barselonadan millionlab yevro kompensatsiya talab qilishi mumkin

Real Barselonadan millionlab yevro kompensatsiya talab qilishi mumkin

Madridning “Real” klubi “Negreyra ishi” doirasida yetkazilgan zarar uchun “Barselona”dan moliyaviy kompensatsiya undirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Diario AS xabariga ko‘ra, “qirollik klubi” vakillari aniq summa borasida hozircha ma’lumot bermagan, biroq gap millionlab yevro haqida ketayotgani ta’kidlanadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Real” rahbariyati “Barselona”ning bir necha yil davomida hakamlar qo‘mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Negreyraga to‘lovlar o‘tkazib kelganidan norozi. “Qaymoqranglilar” fikricha, bu holat kataloniyalik grandga sport jihatdan ustunlik bergan va buning uchun klub javobgarlikka tortilishi kerak.

Ayni paytda La Liga turnir jadvalida “Real” ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam “Barselona”dan to‘rt ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Barselonadan millionlab yevro kompensatsiya talab qilishi mumkin