date

Inter Mayami yana bir mashhur argentinalikni qo'shib olishi mumkin

Inter Mayami yana bir mashhur argentinalikni qo'shib olishi mumkin

"Betis" yarim himoyachisi Jovanni Lo Chelso qishki transfer oynasida "Inter Mayami" safiga ko'chib o'tishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Inter Miami News Hub argentinalik manbalarga tayangan holda xabar berishicha, "Qaldirg'ochlar" 29 yoshli futbolchi bo'yicha kelishuv shartlarining deyarli barchasini muvofiqlashtirib bo'lgan. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar ancha oldinga siljigan.

Transfermarkt bahosiga ko'ra, Lo Chelsuning narxi 15 mln yevroni tashkil etadi. U "Betis"ga kelishidan avval "Tottenhem"da o'ynagan, faoliyati davomida "Vilyarreal" va "PSJ" sharafini ham himoya qilgan. Argentina terma jamoasida 65 ta uchrashuv o'tkazgan futbolchi 2022 yilgi JCh oldidan olgan jarohati sabab mundialda qatnasha olmagan va jahon chempioni bo'lish imkonidan mahrum qolgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter Mayami yana bir mashhur argentinalikni qo'shib olishi mumkin