date

Eriksen zamonaviy futbolda o'yinga e'tibor kamayganini aytdi

Eriksen zamonaviy futbolda o'yinga e'tibor kamayganini aytdi

Germaniyaning “Volfsburg” klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksen bugungi futbol qanday tomonga o'zgarib borayotgani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Daniyalik futbolchining ta'kidlashicha, hozir maydondagi jarayondan ko'ra raqamlar ko'proq muhokama qilinmoqda: statistika, GPS ma'lumotlari, yuqori tezlikdagi yugurishlar va turli ko'rsatkichlar birinchi o'ringa chiqib ketgan.

Eriksen fikricha, shu sabab futbol o'ziga xos uslubga ega ijrochilarni yo'qotmoqda — klassik “o'ntaliklar” va qanotlarda driblingi bilan ajralib turadigan futbolchilar tobora kamaymoqda.

Shuningdek, u hozir futbolchidan yorqin individual fazilatdan ko'ra jamoaviy tizimga moslashish talab qilinayotganini qo'shimcha qildi.

Joriy mavsumda 33 yoshli yarim himoyachi “Volfsburg” safida 13 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eriksen zamonaviy futbolda o'yinga e'tibor kamayganini aytdi